Главная » 2017 » Август » 25 » TIVda Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi
10:16

TIVda Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi


24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandovni qabul qildi. Bu haqda TIV sayti xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hamda AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ushbu tashkilot a’zolarining asosiy qismini kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan yahudiylar tashkil etadi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, mazkur Kongress O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘zbek madaniyatini, xususan mumtoz musiqa san’atini xorijda ommalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ushbu tashkilot faollari 2016 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlarida kuzatuvchi maqomida ishtirok etgan edi.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo hududidan ko‘chib ketib AQSh va Kanada hududlarida joylashgan yahudiy millatiga mansub aholi o‘zini “Buxoro yahudiylari” deb ataydilar va ular tomonidan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi tashkil etilgan.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘tkazildi, kongressi, Prezidenti, Buxoro, TIVda, Uchrashuv, bilan, yahudiylari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя