Главная » 2021 » Февраль » 16 » To‘dako‘l sohilida topilgan «yirik mavjudot» nima ekani ma’lum bo‘ldi
10:18

To‘dako‘l sohilida topilgan «yirik mavjudot» nima ekani ma’lum bo‘ldi


Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi «To‘dako‘l sohilidan (Navoiy viloyati) yirik mavjudot topildi» deya tarqatilgan xabarlarga izoh berdi.

Bu rasmdagi baliq — Kamarbaliq yoki Seldlar qiroli deb nomalanadi va Tinch, Atlantika, Hind okeanlarining issiq, o‘rtacha issiq va mo‘’tadil suvlarida, asosan tropik mintaqada va O‘rta yer dengizi havzasida, shuningdek, Shimoliy-Sharqiy Atlantikada – Islandiya suv havzalarida va Shimoliy dengizda 500-700 metr, ba’zan 1000 metr chuqurliklarda uchraydi. Uning uzunligi 3 metrgacha boradi.

Iste’mol qiladigan ozuqa turiga ko‘ra, kamarbalig‘i yirtqich – planktofagadir: uning ozuqasida kichik plankton qisqichbaqasimonlar, mayda baliqlar va kalmarlar qayd etilgan. Seldlar bilan bitta to‘rga tushib qolishidan, bu baliqlarning seldlar bilan ham oziqlanishini ko‘rsatadi. Yelka suzgichining uzunlashgan birinchi shulalari tomonidan hosil bo‘lgan boshining ustidagi «toj» tufayli bu baliq «Seldlar qiroli» degan nomini ham olgan.

Seldlar qiroli odatda, tanasini tik qilib, boshi yuqoriga ko‘tarilgan holatda suzadi. Shu bilan birga uning zichligi suvnikidan kattaroq bo‘lgani sabab u o‘z tanasini cho‘kishdan saqlab, bir maromda ushlab turadi va uzun yelka suzgichining to‘lqinsimon harakatlari natijasida asta-sekin yoniga siljiydi. Seld qirolini ovlash iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Uning go‘shti iste’molga yaramaydi, hatto hayvonlar ham uni iste’mol qilmasligi mumkin. U faqat baliqchilik sporti ob’yekti sifatida alohida qiziqish uyg‘otadi, deyiladi xabarda.

Bu baliq turining To‘dako‘lga qanday kelib qolgani haqida ma’lumot berilmagan.


Manba: "xabar.uz"
| Теги: To‘dako‘l, mavjudot, sohilida | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя