Главная » 2020 » Сентябрь » 29 » To‘plangan natijalarga qarab super-kontrakt narxlari e’lon qilindi
09:36

To‘plangan natijalarga qarab super-kontrakt narxlari e’lon qilindi


OTMlarga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt narxlari e’lon qilindi.

Kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashadi:

1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar.

To‘plagan bali kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari quyidagicha:

Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo‘nalishida — 25 barobar, ya’ni 229 mln 184 ming so‘m.

Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishiniki — 20 barobar, ya’ni 170 mln 649 ming so‘m.

Qolgan yo‘nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.

Eslatma: barobar - ta’lim yo‘nalishiga belgilangan kontrakt summasining barobari nazarda tutilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Super-kontrakt, natijalarga qarab, qilindi, To‘plangan, narxlari e’lon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя