Главная » 2021 » Март » 23 » To‘rt yashar qizchaning boshini uzib, uyni yoqib yuborgan o‘zbekistonlik Rossiyadan chiqarib yuboriladi
11:25

To‘rt yashar qizchaning boshini uzib, uyni yoqib yuborgan o‘zbekistonlik Rossiyadan chiqarib yuboriladi


2017 yil yanvar oyida to‘rt yoshli qizchani o‘ldirishda aybdor deb topilgan o‘zbekistonlik sobiq enaga Gulchehra Boboqulova majburiy davolanishi tugaganidan so‘ng Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Ichki ishlar vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2017 yilda Boboqulovaning Rossiyada qolishini nomaqbul deb topgan.

“Davolash tugaganidan so‘ng, u Rossiyadan deportatsiya qilinadi”, deyiladi ma’umotda. Boboqulovaning davolanishi qachon yakunlanishiga Ichki ishlar vazirligi aniqlik kiritmagan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yil 29 fevral kuni ertalab Boboqulova Meshcheryakovlar va ularning to‘ng‘ich o‘g‘li uydan chiqib ketgunicha kutgan. Taxminan 9:40 da u qizaloqning bo‘yniga pichoq bilan urib, boshini kesib, poliyetilen paketga solib, ryukzakka joylashtiradi. Shundan so‘ng kvartiraning atrofiga yonuvchan aralashmani sepib, uyni yoqib yuboradi va taksiga o‘tirib, “Oktyabrskoye Pole” metro bekatiga yo‘l oladi. Taxminan soat 10:00 da o‘t o‘chiruvchilar xonadondagi yong‘inni o‘chiradi va boshsiz qizaloqning jasadini topadi.

Sudda tergovchilar taqdim etgan ekspertiza natijalariga ko‘ra, Boboqulova nima qilayotganini o‘zi bilmaydigan holatda bo‘lib, bungacha O‘zbekistonda shizofreniya kasalligidan davolangan.

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining Boboqulova uchta moddasi bo‘yicha – 105-modda (qotillik), 167-modda (mol-mulkni qasddan yoqib yuborish) va 207-modda (terrorizm harakati to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar berish) bo‘yicha ayblangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: uzib, qizchaning, yoqib, yuborgan, boshini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя