Главная » 2020 » Март » 25 » To‘rtinchi bor Olimpiada o‘yinlari qoldirildi. Bu safar COVID-19 aybdor
10:35

To‘rtinchi bor Olimpiada o‘yinlari qoldirildi. Bu safar COVID-19 aybdor


Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalayotgani bois, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi joriy yil Tokioda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Olimpiada rasman qoldirildi. 

Har to‘rt yilda bo‘lib o‘tadigan ushbu yirik musobaqaning o‘tkazilish vaqti tarixda to‘rtinchi bor boshqa muddatga ko‘chirildi. Olimpiada o‘yinlaring uchtasi jahon urushi sabab bekor qilingandi. 1916 yili ushbu yirik musobaqa Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Birinchi jahon urushi sabab Olimpiada qoldirilgandi. 1940 yili Xelsinkida, 1944 yili esa Londonda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Olimpiada Ikkinchi jahon urushi sabab bekor qilingandi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, 1948 yili London shahri Olimpiadaga mezbonlik qilgan va ushbu xalqaro musobaqa o‘tkazilgan. 

Olimpiadaning to‘rtinchi bor qoldirilishiga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘ldi. Ushbu musobaqa joriy yilning 24 iyul kunidan 9 avgust kuniga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 392 435 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 17 148 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 103 395 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя