Главная » 2017 » Сентябрь » 6 » «To‘sib ushlash» rejasi: Toshkentda milisiyani o‘t ochishga majbur qilgan shaxs qidirilmoqda(Video)
19:37

«To‘sib ushlash» rejasi: Toshkentda milisiyani o‘t ochishga majbur qilgan shaxs qidirilmoqda(Video)


2017 yil 4 sentabr kuni taxminan soat 13:30 larda Uchtepa tumani hududida «Spark» olib qochib, keyingi kuni IIB xodimlarini o‘t ochishga majbur qilgan gumondor qidirilmoqda.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Ulug‘bek Tursunovning Toshkent shahar IIBB PPX, YHXB, QB, Metropoliten qo‘riqlash bo‘limi, XPB, JQB, TQB, barcha tuman IIB va 70 ta ShIIB boshliqlariga yo‘llagan o‘ta muhim xabarnomasida gumondorning shaxsi haqida ma’lumot bilan birga surati ilova qilingan.

Unga ko‘ra, shaharda shov-shuvga aylangan hodisa bosh sababchisi — 1983 yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi Sanjarbek Iskandarov bo‘lib chiqqan. U 5 sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hududida IIB xodimlariga bo‘ysunmasdan, yo‘lidagi avtomobillarga zarar yetkazgan holda qochib ketgandi. Milisiya xodimlari uni to‘xtatish uchun bir necha marta o‘q uzishgan.

 


VIDEONI KO'RISH

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: majbur, Toshkentda, «To‘sib, qilgan shaxs qidirilmoqda(Video), o‘t ochishga, ushlash» rejasi:, milisiyani | Рейтинг: 2.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя