Главная » 2018 » Февраль » 5 » To‘ti iPhone ringtonini kuylashni o‘rgandi (video)
20:32

To‘ti iPhone ringtonini kuylashni o‘rgandi (video)


Avstraliyadagi Omadli laqabli to‘ti iPhone smartfonining original ringtonini takrorlashni o‘rganib oldi. Rolik Vimeo tarmog‘iga joylashtirilgan.

Lavhada amerikalik rejissyor Ben Plyuymer kuylayotgan to‘tini ko‘rsatib, uning ovozini rington bilan qiyoslaydi. Uning ta’kidlashicha, uy egalari biror joyga ketmoqchi bo‘lishga taraddudlansa yoki oyoq kiyimining iplarini bog‘lashga tushsa to‘ti kuylashga tushadi.

Bundan bir yil avval Afrika kulrang to‘tisi «O'key, Google» so‘rovidan keyin eshitiladigan ovozni taqlid qilishi aks etgan videolavha ommalashgandi. Ushbu rolik besh yuz ming martadan ko‘proq tomosha qilingan.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: To‘ti, iPhone | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя