Главная » 2020 » Февраль » 28 » To‘y o‘tkazish talabini buzganda, jarimani qaysi taraf to‘laydi: qudalarmi?
19:52

To‘y o‘tkazish talabini buzganda, jarimani qaysi taraf to‘laydi: qudalarmi?


Avvalroq, Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullangani haqida xabar bergandik.

Mazkur qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Qonun loyihasi muhokamasi vaqtida senator Azamat Ziyo Ma’muriy javobgarliklar to‘g‘risidagi qodeksga kiritilayotgan o‘zgarishlarga muvofiq javobgar bo‘luvchi “fuqaro” va “mansabdor shaxs” tushunchasi noaniq bo‘lib qolganini ta’kidladi. 

“Bizda oshxona, bar bor. Yoki mening bir maydonim bor. Uning oti yo‘q. U to‘yxona ham, restoran ham, kafe ham emas. Men 500 nafar odam chaqiraman. Lekin bu normalarga tushmayman. Chunki sudda qonun rol o‘ynaydi. Uning uchun to‘yxona, kafe yoki restoranning mansabdor shaxsi bo‘lishim kerak”, deb Azamat Ziyo Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyevga yuzlandi.
 

“Bu narsa o‘sha 192-1-moddaning o‘zida ko‘zda tutilgan. Bu o‘sha tadbirni tashkil qiladigan fuqaro. O‘sha fuqaro to‘yxona va restoran bilan shartnoma tuzgan bo‘ladi. Shartnomaning bir tomoni fuqaro, ikkinchisi to‘yxona, restoranning mansabdor shaxsi bo‘ladi. U shartnomani imzolaganda o‘sha majburiyatni oladi.

Shuningdek, oilaviy tadbirlar o‘tkazilayotganda hokimiyat tomonidan ro‘yxatga olinayotganda faqatgina to‘yxona, restoran va kafe bo‘lsagina ruxsat beriladi. Shuning uchun bu qonunning ijrosida muammo chiqmaydi”, dedi Erkin Gadoyev.

Ayni shu savolga Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham qo‘shimcha qildi.
 

“Birinchidan, fuqarolar deganda dispozitsiyasida shu marosimni o‘tkazuvchi shaxs deyilyapti. Ya’ni, bu yerda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Tadbirni o‘tkazuvchi shaxs javobgarlikka tortiladi.

To‘yxona, kafe, restoran deyilganda birinchidan bu faoliyatni tartibga soluvchi Senat va Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan nzomda shunday ketgan. Ikkinchidan, bizda kafe, restoran bilan bog‘liq 75-qaror bilan tasdiqlangan qoidalar bor. O‘sha qoidalarda kafe nima, restoran nima hammasiga ani tarif berilgan. Yo‘q men bu uchtasiga tushmayman, boshqacha xizmat ko‘rsatadigan joy deydigan bo‘lsak, funksional jihatdan baribir o‘sha qoidalar ichida yozilganlarga tushadi”, deb qo‘shimcha qildi Adliya vaziri.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя