Главная » 2020 » Октябрь » 21 » To‘ydan avval salonga borgan kelin to‘satdan vafot etdi
19:29

To‘ydan avval salonga borgan kelin to‘satdan vafot etdi


Malayziyalik kelin to‘ydan oldin liposaksiya (plastik jarrohlikda ishlatiladigan tanadagi ortiqcha yog‘ni olib tashlash protsedurasining bir turi) qilish uchun go‘zallik saloniga bordi va to‘satdan vafot etdi. Bu haqda Straits Times gazetasi xabar bermoqda.

23 yoshli Syao Chjisin ushbu marosimga alohida tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Internetda u Selangor shtatining Cheras shahrida go‘zallik salonini topdi va qo‘lidagi ortiqcha yog‘larni olib tashlash operatsiyasi uchun ro‘yxatdan o‘tdi. Jarayonning narxi 2,5 ming ringgit (taxminan 603 AQSh dollari) turadi.

Liposaksiya jarayonida mijozga behushlik berildi. Yarim soatdan keyin u o‘zini yomon his qildi va yana bir soatdan keyin yuragi to‘xtab qolgan. Qizni zudlik bilan kasalxonaga olib borishdi, ammo uni hayotga qaytarishning imkoni bo‘lmadi.

So‘roq paytida go‘zallik salonining menejeri bunday tibbiy muolajalarni amalga oshirish uchun litsenziyasi yo‘qligini tan olgan. Ma’lum bo‘lishicha, muassasa oddiy kosmetik protseduralarni taqdim etishga haqli ekan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vafot etdi, Kelin, borgan, to‘satdan, To‘ydan, salonga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя