Главная » 2020 » Март » 19 » To‘yga Rayhonni olib kelaman deb 6500 dollarni “uxlatgan” aktyor kim edi?
20:59

To‘yga Rayhonni olib kelaman deb 6500 dollarni “uxlatgan” aktyor kim edi?


Jizzax shahri, “Ko‘tarma” MFYda istiqomat qiluvchi 1978 yilda tug‘ilgan ayol G.S. o‘z to‘yiga qo‘shiqchi Rayhonni olib kela olmagani yetmaganidek, firibgar aldoviga uchradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 1988 yil tug‘ilgan aktyor A.R. bilan uchrashadi. Aktyor ayol o‘tkazayotgan to‘yga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevani olib kelishga va’da beradi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ular poytaxtning “Kimyogar” mahallasi uchrashadi. Ayol aktyorga 6 400 AQSH dollari beradi, ammo uni qaytib ko‘rmaydi. Chunki A.R. bu pullarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuboradi. 

“Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя