Главная » 2021 » Октябрь » 20 » “To‘yim to‘rt marta qoldirildi”. “Million” jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov to‘yidan avval o‘g‘illi bo‘lgani haqida gapirib berdi
22:42

“To‘yim to‘rt marta qoldirildi”. “Million” jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov to‘yidan avval o‘g‘illi bo‘lgani haqida gapirib berdi


“Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Ma’ruf Nosirov suhbat davomida to‘yi to‘rt marotaba qoldirilgani sababi va to‘yidan avval farzandli bo‘lgani haqida gapirib berdi.

U kunlar boshqacha og‘ir kunlar bo‘lgan. Onam bilan to‘y harakatida yurganimizda oilamizda ta’ziya bo‘lib qolgan. Meni katta qilgan buvim olamdan o‘tganlar. Har nima bo‘lsa ham, buvim to‘yimni ko‘rsinlar, otamning o‘rnida tursinlar, deb niyat qilardim. Eng yaxshi ko‘rgan nabiralari men bo‘lganman. U vaqtda to‘yga hamma narsa tayyor edi. Ayolim bilan nikohdan ham o‘tib qo‘ygandik. Onam katta shaharda bir o‘zing yashama, ayoling bilan yashayver, men bu yerda ta’ziyadaman, dedilar. Haqiqatan bir o‘zim yashasam, nima bo‘lardi, bunga ham javob bera olmayman-da baribir.

Keyin ayolim bilan yashab boshladik. Allohga shukr, farzandli bo‘ldik. 2020-yil mart oyida konsert, Xudo xohlasa, aprel oyida to‘yimni qilaman, deb niyat qildim. Aprel oyining o‘rtalariga to‘yimizni ham belgilagan edim. Afsuski, karantin bo‘lib qoldi. Hamma narsa to‘xtadi.

2020-yilning avgust oylarida 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berildi. Lekin tanishlari ko‘p odam 30 kishi bilan to‘y qilolmaydi. Buning ustiga oilada bir o‘g‘ilman. Shu sababli 24-oktabrga kuni to‘y kunini belgiladik.

Hamma san’atkorlarni, tanishlarni to‘yga aytganman. O‘sha vaqtlarda eng katta ammam olamdan o‘tib qoldilar. Ular Buxoroga turmushga chiqqandilar. Amakim to‘yingni qilaver, dedilar. Amakimlar to‘yimga borishmasa, otam, bobo va buvim o‘rinlarida yonimda turishmasa, qanday to‘y qilaman, deb yana to‘yimizni to‘xtatishga majbur bo‘ldim.

Amakimga sizlar qaysi kunni belgilasangiz, o‘sha kuni to‘y qilamiz, degandim. Amakimlar 21-noyabr kunini belgilashgan ekan. Bir kun avval qo‘rqib-qo‘rqib to‘yimga bordim. To‘rt marotaba qoldirilib, keyin to‘yimiz bo‘ldi. Hozir Ayyubxon ismli o‘g‘limiz bor. Bolamiz kattaligini ko‘rganlar har xil xayolga ham borishdi. Haqiqiy vaziyat esa mana shunday bo‘lgan edi.

Ma’ruf Nosirov, “Million” kulgi jamoasi a’zosi

Ma’lumot uchun, Ma’rufjon Nosirov 1991-yil 19-yanvar kuni Navoiy viloyati G‘azg‘on shahrida dunyoga kelgan. Navoiy shahridagi Madaniyat va san’at kollejining Drama aktyorlik yo‘nalishida o‘qigan. 2017-yil 23-oktabr kuni “Million” kulgi jamoasiga qabul qilingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Million, Ma’ruf Nosirov, jamoasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя