Главная » 2018 » Июнь » 29 » To‘ylar borasida qat’iy normalar o‘rnatilmaydigan bo‘ldi
18:08

To‘ylar borasida qat’iy normalar o‘rnatilmaydigan bo‘ldi


Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kunida senatorlar to‘ylarni tartibga solish bo‘yicha taklif etilayotgan normalar bo‘yicha bir qarorga keldi, deb yozmoqda "Xalq so‘zi" nashri.

Unga ko‘ra, senatorlar xalqimizning milliy urf-odatlari, hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishi borasida yagona, qat’iy normalar belgilanishi maqsudga muvofiq emas, degan xulosaga kelishgan.

Qayd etilishicha, xalqimiz xohish-irodasi to‘y-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga muayyan me’yoriy hujjat bilan emas, odamlar o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekanini ko‘rsatgan.

Senatorlarning fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli o‘tkazishni keng jamoatchilik va har bir inson ongli ravishda anglab yetmog‘i lozim.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qisqartirish, To'ylar, qaror | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя