Главная » 2020 » Июль » 14 » To‘ylariga prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tashrif buyurgan turkiyalik mashhurlar (foto)
17:53

To‘ylariga prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tashrif buyurgan turkiyalik mashhurlar (foto)


Turkiyalik ayrim mashhurlarning to‘ylariga mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tashrif buyurib, yoshlarga shaxsan baxt tilagan.

Turkiya go‘zali va aktrisa Amine Gyulshe “Aslo voz kechmam” serialidagi roli bilan muxlislarga ma’lum. Shvetsiyada tug‘ilib katta bo‘lgan aktrisa, 2019-yilda kelib chiqishi turk bo‘lgan nemis futbolchisi Mesut O‘zelga turmushga chiqqan. Ushbu nikoh oqshomi Turkiyadagi yil to‘ylaridan biri bo‘lgan. Marosimga shaxsan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘​g‘onning o‘zi, rafiqasi Emine xonim bilan birgalikda tashrif buyurgan. Futbolchi Mesut Germaniyada tug‘ilib katta bo‘lganiga qaramay, Turkiya bilan aloqalarni yo‘qotmagan va hamisha Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlab kelgan. Mesut va Emine 2020-yilda qizli bo‘lgan va unga Eda deb ism qo‘ygan.

Shuningdek, Turkiyaning amaldagi prezidenti 2017-yilda, “Ertug‘rul: Tirilish”​ seriali yulduzi Esra Bilgich va futbolchi Gyokhan Torening nikoh to‘yida ham ishtirok etgan. Biroq prezidentning tashrifi ikki yoshning baxtining davomiy bo‘lishiga kafolat bo‘lmagan, juftlik oradan ikki yil o‘tib ajrashib ketgan. To‘yida prezidentga kamida uchta farzandli bo‘lishni vada qilgan Gyokhan esa oradan hech qancha vaqt o‘tmay qayta turmush qurgan va bu gal Erdo‘g‘on ishtirok etmagan.

Erdo‘g‘on turk kinosanoatining ko‘zga ko‘ringan yulduzi Murat Yildirim va marokashlik model Iman Alban to‘yida ishtirok etmagan bo‘lsa-da, sovchi sifatida Facetime orqali modelning otasidan qizini Muratga berishini so‘ragan. Juftlik 2016-yilda turmush qurgan.

Shuningdek, taniqli yunon-kurash sportchisi Riza Kayalpa to‘yi ham davlat rahbari ishtirokisiz o‘tmagan. Olimpiya chempioni bo‘lgan sportchi, 2019-yilda Zeynep ismli qizga uylangan. Anqaradagi hashamatli restoranlarning birida Erdo‘g‘onning shaxsan o‘zi yoshlarga nikoh guvohnomasini topshirgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, To‘ylariga, tashrif buyurgan, prezident, turkiyalik mashhurlar, (Foto) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя