Главная » 2020 » Октябрь » 28 » To‘yxonalar faoliyatiga 1 oktyabrdan ruxsat berilgan, faqat...
22:31

To‘yxonalar faoliyatiga 1 oktyabrdan ruxsat berilgan, faqat...


Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida brifing o'tkazildi. Unda hozirgi vaziyatda to‘y marosimlarini to‘yxonalarda o‘tkazish tartibi haqidagi savolga javob qaytarildi.

— Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-sentyabrdagi yig‘ilish bayoniga asosan karantin choralarini yumshatish munosabati bilan 2020-yil 1-oktyabrdan to‘yxonalar faoliyatiga ruxsat etilgan.

Bunda, to‘yxonalar oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi belgilangan, — dedi Botir Qurbonov.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘yxonalar, 1 oktyabrdan, Faqat, faoliyatiga, ruxsat berilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя