Главная » 2019 » Февраль » 12 » Tojikistonda to‘ydan avval qizlarning bokiraligi tekshirilishi majburiymi?
16:09

Tojikistonda to‘ydan avval qizlarning bokiraligi tekshirilishi majburiymi?


Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hech qachon qizlar bokiraligi tekshirilishi haqida farmon chiqarmagan, deb ma’lum qildi idora rahbari Nasim Olimzoda Dushanbedagi press-konferensiyada.

Shu bilan birga u ayrim mojarolar sababli huquqni muhofaza qilish organlari ko‘rsatmalariga binoan shunga o‘xshash tekshiruvlar o‘tkazilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Avvalroq BMTning Xotin-qizlar kamsitilishiga qarshi qo‘mitasi Dushanbe rasmiylariga murojaat qilib, nikohdan avval bokiralik tekshirilishini taqiqlashga chaqirgan edi. BMT ushbu amalyotni og‘riqli va kamsituvchi deb atagan edi. BMTning fikriga ko‘ra, shunga o‘xshash tekshiruvlarga tibbiy ehtiyoj zarur emas.

Tojikistonda so‘nggi yillarda qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, nikohni rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va sog‘liqlari haqidagi tibbiyot ma’lumotnomani FXDYoga topshirishlari kerak, chunki tibbiy ma’lumotnomasiz nikohni qayd qila olishmaydi.


Manba: "zamin.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Qiz Bola, to'y, Tojikiston, Qizlar, bokira | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя