Главная » 2019 » Декабрь » 26 » Tojikistonda Yulduz Usmonova konserti bo‘lib o‘tdi. Xonandaning o‘zi bundan bexabar
20:20

Tojikistonda Yulduz Usmonova konserti bo‘lib o‘tdi. Xonandaning o‘zi bundan bexabar


Tojikistonning So‘g‘d viloyati Istaravshan shahrida yashovchi aholi Yulduz Usmonova konsertiga chipta xarid qilib, konsert kuni sahnada soxta xonandaga duch keldi. Bu haqda “Axbor.com” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, konsert tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Jamshid ismli shaxs biletlar sotuvidan qariyb 110 ming somoni (11,3 ming dollar) ishlab olgan.

Tashkilotchilar haqiqiy Yulduz Usmonova konserti uchun 350 somoni (36 dollar)ga 300 dan ortiq chipta sotgan. Xonandaning konserti 25-dekabr kuni Istaravshan shahridagi “Sadbarg” restoranida o‘tkazilishi belgilangan.

Konsert boshlangan vaqt sahnaga ko‘zoynak taqqan ayol chiqib qo‘shiq ayta boshlagan. Biroq muxlislar uning haqiqiy Yulduz Usmonova emasligini payqagan. Konsert vaqtida haqiqiy xonanda o‘zning Instagram’ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir qilganida ulaning shubhasi yanada ortgan.

Aldangan muxlislardan biri Yulduz Usmonova ma’muri bilan bog‘lanib, konsert haqida so‘ragan. U Istaravshandagi konsertni rad etib, xonanda Toshkentda ekanini aytgan. Xonandaning o‘zi ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Zo‘r TV telekanali pavilyonida 26-dekabrda yangi albomi taqdimotining suratga olish jarayoni bo‘lib o‘tishi va unga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan.

Aldangan muxlislar bundan g‘azablangan, ammo ular bu borada huquq tartibot idoralariga murojaat qilganmi-yo‘qmi — xabarda aytilmagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя