Главная » 2020 » Ноябрь » 17 » Tojikistonning Sarez ko‘li to‘rtta davlatga xavf solmoqda
22:51

Tojikistonning Sarez ko‘li to‘rtta davlatga xavf solmoqda


Sarez ko‘li qaytadan ekolog himoyachilari e’tiborini tortmoqda. Britaniyaning Daily Mail nashri noyabr oyida ko‘lni portlashi keyinga qoldirilgan bomba, deya atagan edi. Sarez ko‘li ulkan toshqin, vayronagarchilik va yuzlab odamlarning o‘limi bilan tahdid qilishi mumkinmi, bu masalani "Izvestiya" o‘rgandi.

Sarez ko‘li paydo bo‘lishi tarixi

Hammasi 1911 yilda boshlangan. Qattiq yer silkinishi yer yuzidan Usoy qishlog‘ini yo‘q qilib yuborib, Murg‘ob daryosini to‘sib qo‘ygan yangi tog‘ hosil bo‘lgan. Ikki tog‘ning birlashishi natijasida tabiiy ravishda damba yuzaga kelgan va u sekin-asta suvga to‘la boshlagan.

Yarim yil Sarez qishlog‘ini suv bosishi natijasida ko‘l hosil bo‘lgan va endilikda u Sarez ko‘li, deya atala boshlagan. Ko‘lning intensiv to‘ldirilishi 1926 yilda yakunlangan.

Sarez ko‘lining chuqurligi 500 metrga yetadi, umumiy hajmi esa 17 kub kilometrga.

Ko‘l sayyohlar orasida juda ommalashgan, ammo u yerga faqatgina FVV ruxsati bilangina borish mumkin.

Sarez ko‘li nimasi bilan xavfli?

Biroq, suvga limmo-lim va go‘zal ko‘l haqiqiy xavf keltirib chiqaradi: tabiiy to‘siq suv bilan yuvilib ketgan yoki Usoy to‘g‘onini yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan zilzilalar va ko‘chkilar yuz bergan taqdirda, "geologik qamoqdan" katta miqdordagi suv chiqib ketadi.

MGU Mexanika instituti hisob-kitobiga ko‘ra, o‘pirilish yuz bergan taqdirda, 3 kilometrdan ko‘proq tepalikdan balandligi 150 metrgacha bo‘lgan sel oqimi ozodlikka o‘zini uradi. Vodiylarda ummon balandligi 15 metrgacha(uch qavatli uy balandligiga teng)  pasayishi mumkin.

Bu Favqulodda holat nafaqat Tojikiston, balki O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston hududlarni ham qamrab oladi.

Potensial xavfli hududlarda bugun 6 million nafargacha aholi istiqomat qiladi.

Potensial xavfli tabiiy hodisa inson hayotidan tashqari, infratuzilmaga ham zarar yetkazadi: yo‘llarni, ko‘priklarni va gidromeliorativ (irrigasiya va drenaj) uskunalarini yo‘q qiladi. Ularni qayta tiklash ishlarini bir yilsiz boshlash mumkin bo‘lmaydi.

Baxtsiz hodisaning oldini olish mumkinmi?

SSSR vaqtlaridayoq Usoy uyumida gidroelektrstansiyasini barpo etish masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Ammo bu rejani amalga oshirish murakkabligi tufayli GES qurilmay qolib ketdi.

Tojikistonda ushbu masalani hal etishga boshqacha yondashuv ishlab chiqildi: rasmiy Dushanbe Sarez ko‘lidagi ichimlik suvini chet elga sotishni mo‘ljallamoqda. Bu borada o‘nlab davlatlar bilan muzokaralar olib borilgan bo‘lsa, ammo bitim imzolashga faqatgina Xitoy rozi bo‘lgan. Ko‘lning o‘ta noqulay va murakkab joylashuvi ushbu loyihani rejalashtirilgan quvvatga olib chiqishga imkon bermayapti.

Sarez ko‘li ustidan tunu-kun monitoring olib boriladi. Favqulodda holatlar bo‘yicha komissiya datchiklar ketidan kuzatuv olib boradi va ko‘ldagi har qanday o‘zgarishlarni nazorat qilib boradi.

Suv sathining keskin o‘zgarishi yuz bergan taqdirda kuzatuvchilar zudlik bilan "trevoga" e’lon qilishlari kerak. 2020 yilda Osiyo banki uskunaning modernizasiyasi uchun 10 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sarez ko‘li, to‘rtta, Tojikistonning, davlatga, xavf solmoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя