Главная » 2017 » Апрель » 22 » “Tolibon” jangarilari O‘zbekistonga chegaradosh hududga hujum qilishdi
10:24

“Tolibon” jangarilari O‘zbekistonga chegaradosh hududga hujum qilishdi


Bugun, 21 aprel kuni Afg‘onistonning Balx provinsiyasi ma’muriy markazi Mozori Sharifda joylashgan qurolli kuchlar korpusiga qurollangan bir guruh kimsalar hujum qilishdi. Jangarilar shtab hududiga kirishga urinishgan. Mazkur voqea oqibatida Afg‘oniston milliy armiyasining 8 nafar harbiysi vafot etdi. O‘ndan ortiq ofiserlar va askarlar yaralanishdi.

Balx provinsiyasi O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lib, Afg‘onistonning eng tinch hududlaridan biri hisoblanar edi.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, kunning ikkinchi yarmida jangarilardan biri granatomyotdan shtab tomon o‘q uzgan. Keyin yana 3 bosqinchi polisiya mashinasida harbiy hududga kirib, atrofga qarata avtomat quroldan o‘q uzishni boshlagan.

Afg‘oniston Mudofaa vaziri Davlat Vaziriyning aytishicha, jangarilarning biri qo‘lga olingan, 2 nafari javob o‘qi tufayli jon bergan. Mazkur bosqinchilik harakatini “Tolibon” jangarilari amalga oshirgani aniqlandi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: hujum qilishdi, chegaradosh hudud, Tolibon jangarilar, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя