Главная » 2021 » Сентябрь » 24 » “Tolibon” Rossiyadan yordam so‘radi
10:14

“Tolibon” Rossiyadan yordam so‘radi


Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Afg‘oniston o‘rtasida sanksiyalar bosimini kamaytirish masalasida vositachi bo‘lishi, shuningdek mamlakatni qayta tiklashga yordam berishi mumkin. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid ma’lum qilgan. 

“U (Rossiya — tahr.) biz bilan BMT o‘rtasida yangi vositachi bo‘lishi mumkin, jumladan, sanksiyalar bosimini pasaytirish masalasida. Shuningdek, biz undan mintaqada va xususan Afg‘onistonda vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishda, mamlakatimizni qayta qurishda yordam so‘raymiz”, degan Mujohid. 

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning yangi hukumati BMT Xavfsizlik Kengashining bo‘lajak yig‘ilishlarida Qobul uchun aniq ijobiy natijalarni kutmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati vakillari Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilib, yuqori darajali Bosh Assambleya haftaligida qatnashish niyatini bildirgandi va Muhammad Suhayl Shohinning nomzodini Afg‘onistonning doimiy vakili sifatida tasdiqlash uchun yuborgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Tolibon, Rossiya, yordam | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя