Главная » 2017 » Март » 12 » Toshbaqa oshqozonidan 915 ta tanga-pullar topildi
13:08

Toshbaqa oshqozonidan 915 ta tanga-pullar topildi


Bir necha kun avval, Tailandda veterenarlar tomonidan noodatiy operatsiya amalga oshirildi. Ya’ni, dengiz toshbaqasining oshqozonidan 915 dona turli davlatlarga tegishli bo‘lgan tanga-pullar olib tashlandi. Bu haqda "The Guardian" xabar qildi.

Umumiy og‘irligi 5 kilogramm bo‘lgan tanga-pullarni oshqozonida olib yurgan jonivorni tibbiyot xodimlari Om Sin (tailandliklar tilida kopilka - pul to‘plagich, ustidagi kichik teshikka tanga yoki qog‘oz pullar solinib, pul yig‘iladigan o‘yinchoq, haykalcha) deb atashdi.

Gap shundaki, 25 yoshga kirgan ushbu toshbaqa mamlakatning Chonburi provinsiyasidagi hayvonot bog‘ida yashaydi. Ayni vaqtda hayvonot bog‘i ta’mir uchun yopib qo‘yilgan. Shuning uchun o‘ttizdan oshiq jonivorlar Tailand Qirollik floti qoshidagi dengiz toshbaqalarini himoya qilish Markaziga olib kelindi. Toshbaqaning yurishi qiyinlashgani sababli veterinar uni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qildi. Tamografiyaga tushirilgach, toshbaqaning oshqoznida yuzlab tanga-pullar borligi aniqlandi.

Tailandga kelgan har bir sayyoh toshbaqa katagidagi basseynga “shu joyga qaytib kelish nasib etsin”, degan niyat bilan tanga-pul tashlaydi. Toshbaqa esa, ularni yutib yuravergan.

Shifokorlar o‘zaro kelishib, toshbaqani jarrohlik stoliga yotqizish va uning oshqozonini “tozalashga” bel bog‘lashdi.

7 soat davom etgan operatsiyadan so‘ng, jonivor o‘ziga keldi.

Siz suratda ko‘rib turgan bu toshbaqa turi vakillari aslida o‘rtacha 80 yil umr ko‘radi.

Tailand Qirollik floti qoshidagi dengiz toshbaqalarini himoya qilish Markazining nazorati ostida esa ular xatto 100-120 yilgacha yashashlari mumkin. Chunki bu yerda ularni sifatli parvarish qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ayni vaqtda toshbaqaning ahvoli yaxshi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Toshbaqa, tanga-pullar, 915 ta, oshqozon, topildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя