Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » Toshkent hayvonot bog‘idagi timsohning o‘limi bahslarga sabab bo‘lmoqda
20:56

Toshkent hayvonot bog‘idagi timsohning o‘limi bahslarga sabab bo‘lmoqda


1997 yilda ochilgan Toshkent hayvonot bog‘i majmuasi mamlakatimizning diqqatga sazovor joyi sifatida e’tirof etiladi. O‘zbekistonning istalgan viloyatidan Toshkent shahriga kelgan mehmon borki, albatta, hayvonot bog‘iga kirmasdan ketmaydi.
 
Kuni kecha Toshkent hayvonot bog‘ida “Boy” laqabli timsoh nobud bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Bog‘ ma’muriyati jonzotning o‘limiga oshqozoniga tiqilib qolgan bolalar o‘yinchog‘i sabab bo‘lganligini ma’lum qildi. Demakki, tashrif buyuruvchilar noxush voqea yuz berishiga aybdor bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu sabab hayvonot bog‘i ma’muriyati mehmonlar uchun iltimosnoma e’lon qildi. Unda hayvonlarga turli buyumlar otmaslik so‘ralgan. Bu xabar saytimizga joylashtirilganidan so‘ng ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda.
 
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali yurtdoshlarimizning ko‘plab fikrlarini oldik. Aksariyat hamyurtlarimiz, avvalo, o‘yinchoq qanday qilib timsohning qafasiga tushib qolganiga hayron bo‘lishmoqda. Sababi timsoh qafasi qalin shisha oyna bilan qoplangan. U yerga begona buyumlar otishning imkoni yo‘q.
 
“Bizning hayvonot bog‘imizda hayvonlarga umuman e’tibor berilmaydi. Katta, sariq ilon aqlini tanibdiki, o‘sha kichkina katakda saqlanadi. Jirafaga rahmim keladi, o‘zi yaqinda kelgandi, u ham yaqinda simyog‘ochga aylanmasa edi.  Hayvonot bog‘ini yangilashsin, daromadi yaxshi.
 
Qushlarni gapirmasa ham bo‘ladi, ko‘chadan tutib olib kelganday. Har bir qush uchun mos muhit yaratishsin, sun’iy daraxtlar va hokazo. Filning ham ranggi tiniq emas. Maymunxonadagi hayvonlarning hidi esa baliqxonani oldigacha anqiydi. Mana haqiqiy kulfat”, deya izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.
 
Yana bir foydalanuvchi quyidagicha izoh qoldirgan:
 
“Istalgan jonzotni butunligicha yutib yuboradigan timsohni o‘yinchoqdan o‘lishi kulgili. O‘yinchoq unga chivindek narsa bo‘lsa kerak”.
 
Ko‘plab foydalanuvchilardan bir xil e’tirozli fikr kelib tushgan. Aksariyat yurtdoshlarimiz hayvonot bog‘ida hayvonlar uchun yaratilgan sharoit qoniqarli emasligidan shikoyat qilishdi. Hamyurtlarimiz hayvonot bog‘ida gigienik qoidalarga ham amal qilinishi lozimligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
 
Yuqorida keltirilgan fikrlarga izoh olish maqsadida biz Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyatiga murojaat etishga qaror qildik. Biroq bir necha soatlik urunishlarimiz foyda bermadi. Toshkent hayvonot bog‘i rasmiy saytida keltirilgan raqamlarga qilgan qo‘ng‘irog‘imiz bir necha saotlar davomida javobsiz qoldi. Mazkur xabarimizdan so‘ng, hayvonot bog‘i ma’muriyati izoh berishni ma’qul ko‘rsa, ajab emas. 

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: timsoh, Toshkent hayvonot bog‘i | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя