Главная » 2020 » Март » 29 » Toshkent hokimligi aholiga murojaat yo‘lladi
19:47

Toshkent hokimligi aholiga murojaat yo‘lladi


Ertaga, 30 martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va haraktlanishiga ruxsat berildi. Shu sababdan Toshkent aholisi oziq-ovqat taqchilligi yuza beradi degan xavotirda bozor va super marketlarni bo‘shatishga tushdi.

Toshkent shahar hokimligi holatga munosabat bildirib, cheklov shahar oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirilishiga ta’sir ko‘rsatmassligini ma’lum qildi.
 

“Bugun shahrimizning ko‘plab bozorlari va do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir.

Shu sabab aholimizga murojaat qilib, zaxirada qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanligini, bozor va do‘konlar bunday mahsulotlar bilan muntazam ta’minlanishini ma’lum qilamiz.

Faqat zaruratga ko‘ra ko‘chaga chiqing, odamlar bilan oraliq masofani saqlang, sanitariya-gigiyena talablariga rioya eting va bu bilan o‘zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang!”, deyiladi hokimlik xabarida.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя