Главная » 2018 » Январь » 11 » Toshkent markazidagi AYoQShda voyaga yetmagan bola “ishlayapti”
20:49

Toshkent markazidagi AYoQShda voyaga yetmagan bola “ishlayapti”


Bugun, 11 yanvar kuni “Qalampir”ning Telegram’iga yetib kelgan surat guruhimizda biroz muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, unda avtomobillarga yonilg‘i quyish shahobchasidagi bolaning mashinaga benzin quyayotgani tasvirlangan.

Mazkur surat Toshkent shahrining Beruniy shoh ko‘chasida joylashgan Uzbekneftegaz’ga qarashli AYoQShda olingan.

Suratni bizga yo‘llagan haydovchining ma’lum qilishicha, AYoQShning yonilg‘i quyishga mas’ul xodimlari bolakayni AQYoShdan chiqib ketishini so‘rashgan. Biroq bola bunga unamay, ularga “yordam” berishda davom etgan. Albatta, bu yordam beminnat emas. Haydovchilar bolaga topganlarini ham ilinishyapti. Gap esa bunda emas! Voyaga yetmagan bolaning ishlashi, kamiga AYoQShda ishlashi to‘g‘rimi? Xavfsizlik, bolaning salomatligiga zarar yetishi mumkinligi nahot hech kimni o‘ylantirmasa? Uning ota-onasi qaerda? Maktab, mahalla, qo‘ni-qo‘shni bundan xabardormi?


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkent markazi, ishlayapti, voyaga yetmagan bola, AYoQSh | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя