Главная » 2021 » Май » 8 » Toshkent metrosida chiroq o‘chib qoldi
09:44

Toshkent metrosida chiroq o‘chib qoldi


Toshkent metropolitenining halqa yo‘nalishidagi «7-bekat» stansiyasida elektr ta’minotining uzilishi kuzatildi. Hodisa haqida «O‘zbekiston temir yo‘llari» izoh berdi.

«Bugun, 07.05.2021-y., soat 21:10 da shaharda elektr ta’minotining uzilishi sodir bo‘ldi, bu esa Toshkent metropolitenining halqa yo‘nalishidagi «7-bekat» stansiyasida yoritish tizimiga, ya’ni 100 dona yoritish lampalarini o‘chishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Bu hodisa metro poyezdlarining harakatiga ta’sir qilmadi. Elektr ta’minoti 22:00 da tiklandi», deyiladi izohda.

E’tiborlisi, kuni kecha Transport vazirligi va «Toshkent metropoliteni» UK tashabbusi bilan press-tur tashkil etilib, metroda yuzaga kelayotgan nosozlik sabablaridan biri aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyning o‘zida metroda qator nosozliklar kuzatildi: dastlab Sergeli yo‘nalishida poyezd yurmay qoldi, so‘ngra harakat vaqtida metro eshigi yopilmay qolganiga guvoh bo‘ldik, 28 aprel kuni esa «Mustaqillik» va «Paxtakor» metro bekatlari oralig‘ida qatnov to‘xtab, yo‘lovchilar piyoda harakatlanishga majbur bo‘lishdi. 


Manba: "xabar.uz"
| Теги: chiroq, metrosida, o‘chib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя