Главная » 2021 » Сентябрь » 23 » Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak kimligi aniqlandi
16:34

Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak kimligi aniqlandi


Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga behayo harakat qilgan erkak qidirilayotgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumki, 2021-yil 18-sentyabr kuni Toshkent metropolitening «Olmazor» bekatida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan behayo harakatlar sodir etib, qidirilayotgan shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, u ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (o‘g‘rilik) hamda 127 (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1989-y.t., fuqaro K.Sh. ekanligi aniqlandi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar bermoqda.

Hozirda IIV Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tomonidan mazkur shaxsning harakatlarida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoyatining alomatlari mavjudligi tekshirilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: behayo, voyaga yetmagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя