Главная » 2020 » Сентябрь » 17 » Toshkent shahar hokimligi aholini ogohlantirdi
16:10

Toshkent shahar hokimligi aholini ogohlantirdi


Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotiga ko‘ra, bugun Toshkentda shamol va qisqa muddatli yomg‘ir kutilmoqda.

Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin.

Shu sababli poytaxt hokimligi aholiga ogohlantirdi. 

«Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.

Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘raymiz» - deyiladi xabarda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shahar hokimligi, toshkent, ogohlantirdi, aholini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя