Главная » 2020 » Май » 2 » Toshkent shahar hokimligi avtomobil egalarini ogohlantirdi
21:58

Toshkent shahar hokimligi avtomobil egalarini ogohlantirdi


Ikkinchi maydan uchinchi mayga o‘tar kechasi Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Hokimlik shu sabab fuqarolardan o‘z avtomobilini xavfsiz joyga olib qo‘yishga chaqirdi.

“Ikkinchi maydan uchinchi mayga o‘tar kechasi poytaxtimizda kuchli shamol va yog‘ingarchilik kutilmoqda. Bu esa o‘z navbatida daraxt va ularning shoxlarini sinishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni iltimos qilamiz“ deyiladi xabarda.

Joriy yilning 27 aprel kuni ham hokimlik shunday bayonot bilan chiqqan edi. Lekin, ogohlantirilgan kuni poytaxtda kuchli darajada shamol kuzatilmagan. Aksincha, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kuchli shamol kuzatildi. Natijada Buxoro viloyati ushbu shamoldan katta talofat ko'rdi.

Avvalroq, Gidrometeorologiya xizmati markazi 3 may kuni yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berdi. Bundan biroz avval, markaz O‘zbekistonda qum bo‘roni bo‘lishi haqidagi xabarga munosabat bildirib o'tgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shahar hokimligi, avtomobil, toshkent, ogohlantirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя