Главная » 2017 » Апрель » 5 » Toshkent shahrida yana yong‘in yuz berdi
21:34

Toshkent shahrida yana yong‘in yuz berdi


Toshkent shahar, Yunusobod tumanida joylashgan tuman elektr podstansiyasida transformator yonib ketgan. Bu haqda saytining ishonchli manbasi xabar berdi.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Tillaxo‘jaevning ma’lum qilishicha, yong‘in soat 14:34 da boshlangan, o‘t o‘chirish mashinalari 14:40 da yetib borgan. Soat 14:54 da yonayotgan ob’ekt to‘liq o‘rab olinib, 14:56 da yong‘in xavfi butkul bartaraf etilgan.

Yong‘in sabablari hozirda o‘rganilmoqda. Xabar qilinishicha, yong‘in unchalik xavfli tus olmagan.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yong‘in yuz berdi, Toshkent shahrida, yana | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя