Главная » 2020 » Май » 29 » Toshkent shahrida “Yangi hayot” kichik tumani tashkil etiladi
00:07

Toshkent shahrida “Yangi hayot” kichik tumani tashkil etiladi


Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida "Yangi hayot" kichik tumanini tashkil etilishi mumkin. Bu taklifni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumaniga tashrifi davomida aytib o‘tdi.

Bugun bu Sergeli tumanida katta, zamonaviy mavze paydo bo‘ldi. Oxirgi 3 yilda tumanda 19 ming 522 xonadonli 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. 26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari barpo etildi. Shu davrda bu yerga 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oshgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shuncha odamning farovonligini ta’minlash, boshqaruvni samarali tashkil etish maqsadida ushbu hududda Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida "Yangi hayot" kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi.

Poytaxt aholisiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini vositachilarsiz, arzon narxda yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda. Birinchi bosqichda dehqon bozorlarida 256 ta maxsus rasta tashkil etildi. Ikkinchi bosqichga muvofiq, shahar bo‘ylab 514 mahallada 2316 ta ko‘chma savdo yarmarkasi hamda 634 turg‘un savdo do‘koni tashkil etildi. Sergeli tumaniga Qashqadaryo viloyati biriktirilib, viloyat fermerlari o‘z mahsulotini olib kelib sotadigan savdo joyi ochildi.

Davlat rahbari "Tashabbus" mahallasi hududidagi ana shunday savdo shoxobchasini ko‘zdan kechirdi.

"Fermerlarning mahsulot olib kelishiga yordam berib, emin-erkin sotishiga sharoit yaratilsa, Toshkentda oziq-ovqat mahsulotlari narxini 15-20 foiz tushirish mumkin. Mahsulotlar arzon va sifatliligi xalqimizga, doimiy mijozlar borligi dehqonlarga ham qulay bo‘ladi. Endi boshqa tumanlarga ham muayyan viloyatlarni biriktirib, mahallalarda shunday ixcham, sovutgichli shoxobchalarni tashkil etish zarur", deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Sergeli-5A mavzesidagi “MADENA SOLLECTION” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan ham tanishdi. Ushbu tikuvchilik korxonasida tibbiyot xodimlari uchun yiliga 150 ming dona maxsus kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada shu atrofda yashovchi 100 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi.

Prezident ishchi ayollar bilan suhbatlashdi. Ularning oilaviy va mehnat sharoitlari bilan qiziqdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tashkil etiladi, toshkent, yangi hayot, shahrida, tumani, kichik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя