Главная » 2020 » Июнь » 10 » Toshkent shahrida yashash uchun to‘rt kishidan iborat oila qancha pul sarflaydi?
19:10

Toshkent shahrida yashash uchun to‘rt kishidan iborat oila qancha pul sarflaydi?


Dunyo shaharlarida yashash xarajatlarini hisoblash bo‘yicha eng ko‘zga ko‘ringan ma’lumotlar bazasidan biri bo‘lgan Numbeo nashri Toshkent shahrining 2020-yil iyun oyi holatiga shaharda yashash sifati, axborot texnologiyalardan foydalanish imkoniyati, uy-joy ko‘rsatkichlari, jinoyatchilik darajasi, tibbiy xizmat sifati va boshqa ko‘plab statistik ma’lumotlarni jamlab bir oilaning Toshkent shahrida yashash narxini e’lon qildi.

Numbeo nashriga ko‘ra, dunyo bo‘yicha tuzib chiqilgan 492ta shaharlar orasida yashash narxi arzon bo‘lgan shaharlar birinchi uchtaligiga Hindistonning ikkita shahri va Pokistonning Karachi shahri kiritilgan.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent esa 27,71 reyting ko‘rsatkich bilan ushbu ro‘yxatning 38-o‘rinida qayd etilgan.

Yashash eng qimmat bo‘lgan shaharlar uchtaligini Shveysariyaning Syurix (127,83), Lugano (127,59) va Bazel (126,83) shaharlari band qilgan.

Nashr Toshkentda to‘rt kishilik oila uchun bir oy davomida quyidagi xarajatlarni hisoblab chiqdi:

restoranlarda tushlik yoki kechki ovqat qilish (bir oyda 10 foiz) – 212,22 AQSh dollari;
kino (tungi sayr, parklarni aylanish va h.k. – haftasiga bir marta) – 58.49 AQSh dollari;
oziq-ovqat mahsulotlari – 504.54 AQSh dollari;
turli ichimliklar – 14.86 AQSh dollari;
jamoat transportiga to‘lov (oilaning barcha a’zosiga, oylik) – 60.00 AQSh dollari;
sport va boshqa turli to‘garaklar – 155.96 AQSh dollari;
kommunal xizmatlar – 76.79 AQSh dollari;
kiyim-kechaklar – 94.55 AQSh dollari;
boshqa xarid va xizmatlar – 186.06 AQSh dollari.

Mazkur ro‘yxatda shaxsiy avtomobil (yo‘q), taksi (yo‘q), dam olish va sayohat (yo‘q), ijara (yo‘q), bolalar bog‘chasi uchun to‘lov (yo‘q) va xususiy maktablar uchun to‘lov (yo‘q)lar hisoblanmagan.

Numbeo nashriga ko‘ra, Toshkentda to‘rt kishilik oila uchun bir oy davomida jami 1363,47 AQSh dollari sarflanadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yashash uchun, to‘rt kishidan iborat, Oila, Toshkent shahrida, qancha pul sarflaydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя