Главная » 2020 » Ноябрь » 27 » Toshkent shahrida yuk avtomobillari uchun cheklovlar o‘rnatilishi mumkin
19:11

Toshkent shahrida yuk avtomobillari uchun cheklovlar o‘rnatilishi mumkin


Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga Toshkent shahar IIB YHXB tomonidan yo‘llarda tirbandlikning oldini olish maqsadida ertalab soat 7.00-10.00 va kechki 17.00-20.00 vaqtlar oralig‘ida Toshkent shahriga og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining kirib chiqishini cheklash haqida qaror qabul qilish taklifi kiritilgan.

Ushbu masala tez kunlarda Toshkent shahar kengashi deputatlari tomonidan ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

«Agar deputatlar bu qarorni qabul qilishsa, Toshkentda tirbandliklar biroz bo‘lsa ham kamayadi, deb umid qilamiz», — deb yozmoqda deputat Rasul Kusherbayev.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: cheklovlar, Toshkent shahrida, avtomobillari, Yuk | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя