Главная » 2016 » Декабрь » 7 » Toshkent shahrining sobiq hokimi Kozim To‘laganov yana davlat ishiga qaytarildi
19:38

Toshkent shahrining sobiq hokimi Kozim To‘laganov yana davlat ishiga qaytarildi


Toshkent shahrining sobiq hokimi Kozim To‘laganov yana davlat boshqaruviga qaytarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Kozim To‘laganovni Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan Davlat nazorati bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyatidagi ishonchli manbalarimizdan biri xabar berdi.
 
Shavkat Mirziyoev Kozim To‘laganovning qurilish sohasidagi yutuqlari, xizmatlari va tajribasini inobatga olgan. Shu sabab Kozim To‘laganov Toshkent shahrini rivojlantirish dasturining ijrosi yuzasidan  mas’ul shaxs sifatida tayinlandi.
 
Ma’lumot uchun, Kozim To‘laganov 1997 yildan 2001 yilgacha Toshkent shahar hokimi lavozimida, keyin Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida va 2005 yilgacha Toshkent viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sobiq hokim, Kozim To‘laganov, Toshkent shahri | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя