Главная » 2016 » Декабрь » 15 » Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori o‘zgardi
15:43

Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori o‘zgardi


Toshkent tibbiyot akademiyasining rahbari almashdi. Tibbiyot fanlari doktori, professor Laziz To‘ychiev Oliy ta’lim muassasasining yangi rektori etib tayinlandi. Toshkent tibbiyot akademiyasining rasmiy saytida 46 yoshli Laziz Nodirovich To‘ychievning tabrigi e’lon qilindi.
 
Bundan avval Laziz To‘ychiev 2014 yil yanvar oyidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
 
Toshkent tibbiyot akademiyasining rektorlik vazifasini so‘nggi 10 yildan ortiq vaqt mobaynida 71 yoshli Shavkat Karimov bajarib kelgandi.
 
Ba’zi manbalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimini avval Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi vazifasini bajarib kelgan Elmira Bositxonova egallagan.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘zgardi, rektor, Toshkent tibbiyot akademiyasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя