Главная » 2020 » Июнь » 10 » Toshkent va Navoiyda 28 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
21:58

Toshkent va Navoiyda 28 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi


Toshkent shahri va Navoiy viloyatida jami 28 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 10 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 20 nafar va Navoiy viloyatida 8 nafar, jami 28 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugunning o‘zida Toshkent shahridan bir yo‘la 49 nafar bemor ushbu infeksiyadan forig‘ bo‘ldi. Ular orasida tojikistonlik bir nafar 40 yoshli fuqaro ham bor.

Shunday qilib, Toshkent shahrida shu paytga qadar tuzalganlar 1572 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1592 nafarga yetib, davolanayotgan bemorlar soni 847 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Navoiy viloyatida bugun 8 nafar bemor sog‘ayib, tuzalganlar soni 150 nafarga yetdi. Hozirda viloyatda 92 nafar bemor ushbu infeksiyaga qarshi shifo olmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 4591 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sog‘ayganlar soni esa 3532 nafarga yetdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, Navoiyda, bemor koronavirusdan sog‘aydi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя