Главная » 2020 » Июнь » 12 » Toshkent viloyati hududlari toifalarida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda
15:01

Toshkent viloyati hududlari toifalarida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda


Toshkent viloyatida turli ranglarga toifalangan hududlarda o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu kecha kunduzgacha koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqqan holda viloyat tegishli mutasaddilari tomonidan hududlardagi ahvol quyidagicha baholanmoqda.
"Qizil" hudud toifasiga:
Chirchiq shahri, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Qibray, Parkent, Piskent, Chinoz, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari;
"Sariq" hudud toifasiga
Angren, Bekobod, Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘stonliq, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari;
"Yashil" hudud toifasiga
Nurafshon, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Bo‘ka, Quyi Chirchiq tumanlarini kiritish tavsiya qilingan.
Avvalroq, Respublika bo‘yicha hududlarning “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalari ro‘yxati yangilangani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, hududlarni "qizil", "sariq" va "yashil" toifaga ajratib belgilash O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
 
Nurulloh Sharipov

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hududlar, karantin, Toshkent viloyati | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя