Главная » 2019 » Декабрь » 24 » Toshkent viloyatida ikki tanishning janjali pichoqbozlik bilan tugadi
23:09

Toshkent viloyatida ikki tanishning janjali pichoqbozlik bilan tugadi


Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi oshxonalardan birida spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan ikki tanishning ziyofati o‘zaro janjal sababli pichoqbozlik bilan tugadi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko`ra voqea 21-dekabr, shanba kuni soat 13:30 da sodir bo‘lgan. 51 yoshli A.A. tanishi O.G. bilan birga o‘zaro kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan janjal vaqtida O.G. stol ustida turgan oshxona pichog‘i bilan A.A.ning qorin qismiga tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda A.A. olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Birlamchi tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, fuqaro A.A.ning “qorin qismida sanchilib kesilgan” jarohati mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro O.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя