Главная » 2021 » Февраль » 24 » Toshkent yer usti metrosida hosil bo‘lgan darcha to‘g‘risida ma’lumot berildi
20:56

Toshkent yer usti metrosida hosil bo‘lgan darcha to‘g‘risida ma’lumot berildi


Toshkent yer usti xalqa metrosining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan yo‘nalishining 4-bekatida hosil bo‘lgan darcha to‘g‘risida ma’lumot berildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan «o‘pirilish» metroning 4-bekatida quruvchilar tomonidan 24 fevral kuni tungi soat 00:00dan keyin, ya’ni metro poyezdlari harakati to‘xtatilgandan so‘ng, kabel o‘tkazish ko‘prigini qurish uchun maxsus uskuna yordamida loyiha hujjatlariga asosan betonning bir qismi ochilgan.

Metro estakadasi ostidan harakatlanuvchi piyodalar va avtomobillar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi paytda ishlar tashkil qilinib, qurilish me’yor va qoidalari asosida amalga oshirilmoqda va mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan. Kabel o‘tkazish ko‘prigi qurilishi estakada mustahkamligiga zarar yetkazmaydi. Maxsus darcha ochish ishlari yakunlangandan so‘ng, yo‘ldagi chiqindilar tozalangan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, yer usti, metrosida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя