Главная » 2021 » Октябрь » 17 » Toshkentda 16 yoshli qiz haydovchining bo‘yniga pichoq tortdi
13:48

Toshkentda 16 yoshli qiz haydovchining bo‘yniga pichoq tortdi


Toshkentda haydovchining bo‘yniga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan qiz qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shaharda kira qilmoqchi bo‘lgan Spark haydovchisi yo‘lda uchragan yo‘lovchini mashinasiga o‘tkazgan.. Manziliga yetay deganda orqa o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi qiz haydovchining bo‘yniga pichoq tortgan.

Xadra tomondan Xalqlar do‘stligiga qarab harakatlanib kelayotgandim. Bekatda bir qiz taksi to‘xtatib turgan ekan. Oldiga borib to‘xtadim va qayerga borishini so‘radim. Bir bekat nariga — metrogacha, dedi. Aynan qaysi metro, yo‘limizda ikkita bekat chiqadi, deb so‘radim. Mana shu birinchi bekat, dedi. Xo‘p deb, mashinaga chiqardim. Narx-navosini ham gaplashmadik.

300–350 metrdan keyin chorraha yaqinlashdi, oldimda 84-avtobus bor ekan. Shu avtobus bilan orqama-ketin yurib keldik. Avtobus o‘ng tomonga harakatlanib, bekat tomon kirayotganda men ham sekinlashib, "povorotnik"ni yoqdim. Orqada o‘tirgan qizni bekatda tushirmoqchi bo‘lib sekinlashganimda birdaniga pichoq tortib qoldi.

Avval bo‘ynim achishganday bo‘ldi, nima bo‘layotganini tushunmadim. Keyin boshqaruvni yo‘qotib, avtobusning orqasiga borib urildim. Mashinadan tushib, bekatdagi odamlardan yordam so‘radim. Qiz esa pichoq tirashda davom etdi. 10 sekundlarda o‘zimga kelib olganimdan so‘ng qarasam, hech kim yordam bermayapti. Qizning qo‘lini qayirib, odamlardan “102”ga qo‘ng‘iroq qilishini so‘radim.

Ayrim odamlar buni noto‘g‘ri tushunib, bu qizga nega ozor beryapsan, dedi. Keyin bo‘ynimni ko‘rsatib, mana, pichoq tortib yubordi. Iltimos, yordam beringlar, deganimdan keyin hamma qizni o‘rab oldi. “102”ga telefon qilishdi”, deydi haydovchi.

Qiz esa haydovchi unga tegajog‘lik qilganini aytgan. Shuning uchun, u bundan qo‘rqib, unga pichoq tiragan.

“Darhol pichoqni olib, bo‘yniga tiradim. Uni to‘g‘ri ushlaganmanmi yoki yo‘q, buni bilmayman. Uni shunchaki qo‘rqitmoqchi edim. Keskin harakat qilgan payti tegib ketgan bo‘lishi mumkin. Lekin unga pichoqni qattiq tiradimmi yoki yo‘q, bilmayman, to‘g‘risi.

Mashinadan birinchi u tushdi. Keyin esa men unga yo‘qol-yo‘qol, dedim. Biror nima qilib qo‘yishidan qo‘rqdim... U ustalar ishlatadigan pichoq edi”, deydi yo‘lovchi qiz.

Xabarga ko‘ra, hozirda voqea yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, pichoq, haydovchining, bo‘yniga, Qiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя