Главная » 2020 » Июнь » 7 » Toshkentda 17 yoshli sartarosh bir yigitni qaychi bilan o‘ldirib qo‘ydi
13:51

Toshkentda 17 yoshli sartarosh bir yigitni qaychi bilan o‘ldirib qo‘ydi


5-iyunga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan kelishmovchilik oqibatida 26 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, I.A. va A.B. oldidan o‘tib ketayotgan tanishlarini haqorat qilgan. Buning oqibatida I.A va tanishlaridan biri — I.Y. (2003-yilda tug‘ilgan, sudlanmagan, sartarosh) o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. I.Y. yonida bo‘lgan sartarosh qaychisi bilan uning ko‘krak qafasi old yuzasi — to‘sh sohasiga bir marotaba urib, I.A.ni qasddan o‘ldirgan.

Marhumning do‘stlaridan biri Facebook’dagi sahifasiga qotillik I.A.ning qo‘shni mahalladagi bolalar bilan janjali oqibatida yuzaga kelganini yozib qoldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qotillikda gumonlanayotgan o‘smir qo‘lga olingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, qaychi bilan, Sartarosh, o‘ldirib qo‘ydi, bir yigitni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя