Главная » 2020 » Сентябрь » 20 » Toshkentda 21-sentabrda qaysi maktablar an’anaviy tarzda faoliyat boshlashi ma’lum qilindi
09:43

Toshkentda 21-sentabrda qaysi maktablar an’anaviy tarzda faoliyat boshlashi ma’lum qilindi


Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi 2020-yil 21-sentabrda faoliyatini an’anaviy tarzda boshlaydigan maktablar ro‘yxatini keltirdi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 21-sentabrdan boshlab Bektemir tumanidagi 290, 292-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 35, 54, 112, 142, 187, 207, 225, 256, 275, 308-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi PMTIDUM hamda MAFIDUM, Shayxontohur tumanidagi 299-sonli maktab, Yunusobod tumanidagi 53, 72, 87, 88, 105, 150, 235, 302 hamda 313-sonli maktablar ham o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

Ma'lum qilinishicha, 2020-yil 21-sentabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta’lim muassasalaridan quyidagi 160 tasi an’anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatadi:

1. Bektemir tumanidagi 289, 290, 292-sonli maktab.

2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 328-sonli maktablar.

3. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18, 27, 35, 49, 50, 54, 64, 112, 121, 142, 187, 207, 208, 209, 210, 221, 225, 256, 223, 241, 275, 308-sonli maktablar, FFIDUM, PMTIDUM, MAFIDUM.

4. Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 24, 29, 36, 46, 159, 165, 185, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 298, 326-sonli maktablar hamda 106-maktab-internat.

5. Sergeli tumanidagi 2, 55, 33, 266, 267, 269, 303-sonli maktablar.

6. Uchtepa tumanidagi 14, 38, 44, 81, 106, 107, 193, 194-sonli maktablar.

7. Chilonzor tumanidagi 66, 90, 168, 184, 195a, 200, 202, 217, 280-sonli maktablar.

8. Shayxontohur tumanidagi 10, 19, 37, 39, 41, 34a, 82, 84, 85, 92, 113, 132, 136, 157, 180a, 169, 186, 254, 299, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.

9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 53, 58, 63, 70, 72, 80, 87, 88, 96, 98, 105, 150, 235, 246, 250, 257, 259, 260, 271, 272, 273, 288, 302, 313, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.

10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 118, 144, 172, 321-sonli maktablar.

11. Yashnobod tumanidagi 30, 69, 151, 161, 166, 212, 227, 244-sonli maktablar.

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o‘rta ta’lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o‘z faoliyatini an’anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya’ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg‘ulotlarini amalga oshiradi.

“Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondashishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘rab qolamiz”, – deb yakunlangan boshqarma xabari.

Avvalroq Samarqand shahrida 21-sentabrdan faqat ikkita maktabda darslar boshlanishi xabar qilingandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, an’anaviy, maktablar, tarzda, faoliyat, ma’lum qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя