Главная » 2016 » Ноябрь » 27 » Toshkentda 28-noyabr kuni +5 darajagacha iliq bo‘ladi
20:29

Toshkentda 28-noyabr kuni +5 darajagacha iliq bo‘ladi


O‘zbekistonda 28-noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 28-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida -18…-13 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida -13…-8 daraja, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida -12…-7 daraja, Toshkent shahrida -9…-7 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida -8…-3 daraja sovuq bo‘ladi.

Dushanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida -5…0 daraja sovuq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 0…+5 daraja, Toshkent shahrida +3…+5 daraja, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +2…+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Butun O‘zbekiston bo‘yicha 28-noyabrga o‘tar kechasi va 28-noyabr kuni tongda tuman tushishi mumkin. Mamlakatning tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя