Главная » 2020 » Май » 18 » Toshkentda 3 yoshli egizaklar koronavirusdan sog‘aydi
18:09

Toshkentda 3 yoshli egizaklar koronavirusdan sog‘aydi


Toshkent shahrida 18 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Ular orasida 3 yoshli egizak bor. Bu haqda bugun,18 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Bugun poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning 10 nafari erkak, 8 nafari ayollardir. Ularning 15 nafari chet eldan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 6 nafari Samarqand viloyatidan, 3 nafardan Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan, 1 nafardan Toshkent shahri va Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridan, 3 nafari esa Tojikiston Respublikasidan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli egizaklardir. 

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 733 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 751 nafarga yetdi.  Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2293 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha koronavirus yuqtirganlar soni 2779 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sog‘aydi, Egizaklar, Toshkentda, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя