Главная » 2021 » Сентябрь » 23 » Toshkentda 5 nafar talabaning o‘limiga aloqador ish bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
17:40

Toshkentda 5 nafar talabaning o‘limiga aloqador ish bo‘yicha sud hukmi o‘qildi


Qishning so‘nggi kunlarida Toshkentning Yunusobod tumanida ijarada yashayotgan besh nafar talaba noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgani haqida xabar tarqalgandi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2-bosqich talabalari — Mavlonbek Usmonov, Rahmatulloh Soliyev, Davronbek G‘ofurov, Singapur universiteti 2-bosqich talabasi Oyatulloh Ibrohimov hamda Toshkentdagi INHA universiteti 1-bosqich talabasi Sardor Hakimjonov — ularning hammasi Andijon viloyatidan edi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida talabalarni ijaraga qo‘ygan uy egasiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Respublika Sud tibbiyot ekspertizasi Toshkent shahar Morfologiya bo‘limining xulosasiga ko‘ra, ijarachilarning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasida o‘tkir nafas va yurak, qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aniqlangan. Ularning qonida toksik konsentratsiyasi turli foizlarda bo‘lgan korboksi-gemoglabin moddasi topilgan.

Bundan tashqari, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 2021 yil 23 apreldagi kompleks ekspertiza xulosasiga ko‘ra, uyning xonalarida o‘rnatilgan gaz uskuna va jihozlari texnik va me’yoriy qoida talablariga asosan o‘rnatilmagani, amaldagi talablarga javob bermasligi, gaz uskuna va jihozlari o‘rnatish texnik talablariga javob bermasligi, gaz uskunasi va jihozlarining dudbo‘ronlari yonish mahsulotlarini chiqish yo‘nalishlari to‘g‘ri o‘rnatilmagani amaldagi talablarga javob bermasligi aniqlangan.

Sudlanuvchi – uy egasi Jinoyat kodeksining 102-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, unga shu modda bilan 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Manfaatdor tomonlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar bo‘yicha fuqarolik ish yurituvi tartibida fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntirilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: talaba, hukmi, o‘limiga, o‘qildi, sud, aloqador | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя