Главная » 2020 » Январь » 15 » Toshkentda 78 yoshli mast fuqaro yong‘in oqibatida vafot etdi
08:53

Toshkentda 78 yoshli mast fuqaro yong‘in oqibatida vafot etdi


Joriy yilning 14 yanvar kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida keksa yoshli fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, shu kuni soat 03:10 da, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustavli ko‘chasi 30-uy 12-xonadonda uy jihozlari 2 kv.m. maydonida yongan. Yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 03:15da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 03:33da bartaraf etilgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in oqibatida 78 yoshli erkak kishi xalok bo‘lgan.

“Yong‘in mast holda sigaret chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Ayni damda yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan”, - deyiladi xabarda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя