Главная » 2021 » Январь » 7 » Toshkentda 8 yashar bola “boshqaruvidagi” Lacetti do‘kon oynalarini buzib, ichkariga kirdi
20:01

Toshkentda 8 yashar bola “boshqaruvidagi” Lacetti do‘kon oynalarini buzib, ichkariga kirdi


Toshkentda Lacetti avtomobili yosh bola bilan qarovsiz qoldirilishi oqibatida, avtomobil Makro supermarketining oynalarini buzib, do‘kon ichiga kirdi. Ushbu hodisa aks etgan vidjeo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. 

Hodisa bugun, 7 yanvar kuni soat 13:50 larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Gyote-5 ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan J.Sh. Lacetti rusumli transport vositasida harakatlanib kelib, ushbu ko‘chada joylashgan Makro supermarketi yaqiniga to‘xtab, o‘t oldirgich kalit va farzandini qarovsiz qoldirib, o‘zi supermarket ichiga kirib ketgan. 

Avtomobilda bo‘lgan 8 yoshli farzandi o‘t oldirgich kalitni burab yuborishi oqibatida avtomobil harakatlanib ketgan va supermarket oynasini sindirib, ichkariga kirib to‘xtagan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bola, do‘kon, Toshkentda, lacetti, buzib, oynalarini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя