Главная » 2021 » Май » 5 » Toshkentda 92 yoshli ayol qizi va nevarasi tomonidan kaltaklandi
13:22

Toshkentda 92 yoshli ayol qizi va nevarasi tomonidan kaltaklandi


Toshkent shahrida 23 aprel kuni 92 yoshli ayol qizi va nabirasi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda «Vzglyad.uz» ayolning nevarasi Davron Tillayevga tayanib xabar berdi, deb yozadi "bugun.uz".

Ma’lum bo‘lishicha, 23 aprel kuni uy-joy masalasi bo‘yicha ona va qiz o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Ayol karavotda yotgan paytida qizi uning sochidan tortib, yerga sudrab tushirgan va ura boshlagan. Ayol 3 soatga yaqin yerda yotgan. Tillayevning aytishicha, qizi uning qo‘l va oyog‘iga pichoq bilan urgan. Shuningdek, uning ichki kiyimini og‘ziga tiqib, protezini tortib olgan va ustiga peshob quygan.

Ayolning nabirasi 25 aprel kuni mehmonga kelgan va buvisining og‘ir ahvoldaligini sezgan. Ayolning qizi va nevarasi to‘shakdan yiqilib tushganini aytgan. Biroq Tillayev bunga ishonmagan, chunki uning oyoqlari ishlamay, tanasi va yuzi ko‘kargan bo‘lgan.

Shundan so‘ng nevarasi uni olib borib, davolanish uchun xususiy klinikaga joylashtirgan. Davron Tillayev ariza yozganidan keyin ham hech qanday chora ko‘rilmaganini aytdi.

«26 aprel, dushanba kuni men ariza yozdim. Bugun, seshanba kuni sakkizinchi kun o‘tdi, javob yo‘q», — deydi u. Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan keyin ularga sud ekspertizasi kelgan.

«Ekspertiza kecha bo‘lib o‘tdi, endi javob chiqishi uchun 3–4 kun kerak bo‘ladi. Bugun hamma surishtirishni boshladi. IIBBdan qo‘ng‘iroq qilishdi, milisiya bo‘limiga chaqirishdi», — deydi nevara.

Shu bilan birga, hozirda keksa ayolning ahvoli yaxshilangani qayd etildi. Bundan tashqari, Tillayev buvisining kvartirasi boshqa bir nevarasi nomiga noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tganini aytdi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining nashrga ma’lum qilishicha, jinoyatchilikning oldini olish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari mayor Maqsuda Xo‘janazarova ishni nazoratga olgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tomonidan, nevarasi, qizi, kaltaklandi, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя