Главная » 2017 » Март » 30 » Toshkentda 9 ta fohishaxonada 24 fohisha qo‘lga tushdi
21:54

Toshkentda 9 ta fohishaxonada 24 fohisha qo‘lga tushdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifi bilan har haftaning payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilingani haqida xabar berganmiz. An’anaga ko‘ra, bu hafta ham Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida hafta davomida olib borilgan ishlar yuzasidan OAV xodimlari ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda ma’lum qilinishicha, Fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilinishining oldini olish maqsadida, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish bo‘yicha 9 ta jinoyat aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya’ni fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 24 nafar va jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan 426 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, qo‘lga tushdi, 24, 9 ta, Fohishaxona, Fohisha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя