Главная » 2021 » Февраль » 7 » Toshkentda 9 yoshli qizga hujum qilishdi
20:19

Toshkentda 9 yoshli qizga hujum qilishdi


2021-yilning 3-fevral kuni soat 16:00 larda Toshkent shahrida noma’lum shaxslar bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirishgan. Ular Yakkasaroy tumani Cho‘pon ota ko‘chasining poyezd temir yo‘li bilan kesishgan chorrahasi yaqinida voyaga yetmagan 9 yoshli Arina T.,ning qo‘lida bo‘lgan narxi 2.100.000 so‘mlik bo‘lgan uyali telefon apparatini qo‘lidan yulib olib, hodisa joyidan qochib ketishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni fuqaro 21 yoshli Shahzod B. va Shoxista B.,lar sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Shahzod B. va Shohista B.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida, o‘g‘irlab olingan uyali aloqa telefon apparatini ular «Malika» savdo majmuasida 550.000 so‘m pul evaziga sotib yuborganliklari, bundan tashqari, ushbu jinoyatni sodir etishga voyaga yetmagan shaxsni jalb qilganliklari ham aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonchilik) va 127-moddasi 3-qismi (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan ayb e’lon qilinib, har biriga nisbatan «garov» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qizga, HUJUM, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя