Главная » 2021 » Февраль » 11 » Toshkentda ajrashgan erkak ko‘p qavatli uyning liftida voyaga yetmagan qizlarni ta’qib qildi
10:53

Toshkentda ajrashgan erkak ko‘p qavatli uyning liftida voyaga yetmagan qizlarni ta’qib qildi


36 yoshli oilasidan ajrashgan, bir nafar voyaga yetmagan farzandi bor, yollanma ishchi bo‘lib ishlaydigan va muqaddam sudlangan erkak uch nafar voyaga yetmagan qizlarni ta’qib qilib, buzuq niyatini amalga oshirmoqchi bo‘ladi... 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Bektemir tuman sudida yuqoridagi holat yuzasidan sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi sudyasi Farhod Abdushukurov xabar qildi. 

Sudlanuvchi 2020 yilning 28 noyabrida shirakayf bo‘lib oladi. Toshkent shahar Bektemir tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining birinchi qavatidagi liftga voyaga yetmagan ikki qizning kirib ketganini ko‘radi. O‘zining hojatini chiqarish uchun ularning 16 yoshga to‘lmagani ayon bo‘lgan yoshlar ekanini bila turib, qizlarning ortidan liftga kiradi. Lift birinchi qavatdan to oltinchi qavatga ko‘tarilgunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida uyatsiz-buzuq harakatlar qiladi... Qizlardan birining qo‘llaridan ushlab, o‘ziga tortib, qo‘li bilan zo‘rlik ishlatadi... Buzuq niyatini amalga oshirishga undagan vaqtida lift oltinchi qavatga ko‘tarilib, eshiklari ochilishni boshlaganidan so‘ng voqea sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Oradan chamasi o‘n daqiqalar o‘tgach, liftga yana bir voyaga yetmagan qizning kirib ketayotganini ko‘radi. Uning ham ortidan liftga kiradi. Lift birinchi qavatdan to oltinchi qavatga ko‘tarilgunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida yana o‘sha “hunari”ni takrorlaydi. Qiz unga qarshilik qilib turgan vaqtida lift oltinchi qavatga ko‘tarilib, eshiklari ochilganidan so‘ng voqea sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

“NOMA’QUL ISHGA QO‘L URIB QO‘YDIM”

Sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘ldi...

— Uyatsiz-buzuq harakatlar qilganman. Keyin lift eshiklari ochilib qolgach, pastga tushib ketganman. Bir oz vaqtdan so‘ng yana shu uyning o‘zida bir qiz liftga kirdi. Shu qizga ham mastlikda nima qilayotganimni anglamay, ahloqsiz ish qildim. 

Qizlar 16 yoshga to‘lmagani, hali voyaga yetmagani ko‘rinib turgandi. Ammo shu kuni spirtli ichimlik iste’mol qilganim sabablimi, bilmasdan shunday noma’qul ishga qo‘l urib qo‘ydim. Qilgan ishimdan pushaymonman. 

“HECh NIMA BO‘LMAGANDEK LIFTDAN CHIQIB KETDI”

Sud majlisida qonuniy vakili ishtirokida so‘roq qilingan jabrlanuvchi qizlardan biri o‘sha kungi voqeani so‘zlab berdi...

— O‘quv markazidan soat taxminan 15.20 lar atrofida uyimning oldiga kelib, birinchi qavatda joylashgan liftda sakkizinchi qavatga chiqmoqchi bo‘ldim. Liftga kirdim va sakkiz raqami tushirilgan tugmani bosdim. Liftning eshiklari deyarli yopilib bo‘lishiga ozgina qolganida, bir kishi qo‘li va oyog‘ini liftning yopilayotgan eshigining orasiga tiqib, eshikni qaytadan ochib, ichkariga kirdi. Liftning eshiklari joylashgan tomonga turib, dastlab liftning 3 tugmasini, so‘ng esa 6 tugmasini bosdi. Liftning eshiklari yopilib, tepaga qarab harakatlanishni boshlagan vaqtda, u ahloqsizlik qila boshladi. Lift oltinchi qavatga yetganida, u hech nima bo‘lmagandek liftdan tashqariga chiqib ketdi. Qo‘rqib ketganim sababli, bu holatni onamga o‘z vaqtida aytmaganman.

         — Sudlanuvchi JKning 129-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi. JKning 60, 61-moddalariga asosan, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tuman sudining 2015 yil 6 maydagi hukmiga ko‘ra tayinlangan jazoning o‘talmagan qismini qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil o‘tashlik uchun 1 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ajrashgan, Erkak, ta’qib, qizlarni, voyaga yetmagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя