Главная » 2021 » Май » 2 » Toshkentda avtobus bekatda turgan ikki piyodani urib yubordi
11:56

Toshkentda avtobus bekatda turgan ikki piyodani urib yubordi


28-aprel kuni 86-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi haydovchi avtobusni THAY ko‘chasi bo‘ylab boshqarib borayotgan vaqtda, Yurak qon tomir jarrohlik klinikasi bekatida  2 ta piyodani turtib yuborishi natijasida Yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan, «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlari o‘tkazildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi piyodalar N.D va O.L larga yo‘l-transport hodisasi oqibatida yengil tan jaroxati yetkazilgan va 16-tez tibbiy yordam ko‘rsatish shifoxonasiga yetkazilib,tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda jabrlanuvchi piyodalarning ahvoli yahshi ekanligi aytilmoqda.

Hozirda ushbu huquqbuzarlikni amalga oshirgan avtobus haydovchisi M.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi alomatlari mavjudligini inobatga olib, ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtobus, urib yubordi, Bekatda, Toshkentda, piyodani | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя